Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamanning katta qismini nazorat qilayotgan husiylar Qizil dengizda bir hafta ichida uchinchi marta Amerika savdo kemasiga qarata o‘q uzdi. Avvalroq AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar bazalariga javob zarbalarini bergandi.

Foto: Euronews

CBS News telekanaliga ko‘ra, 18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida Yaman husiylari AQSHga qarashli xususiy savdo kemasiga yana raketa zarbalarini bergan. Ular Amerika kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va Marshall orollari bayrog‘ini ko‘targan Chem Ranger tankerini nishonga olgan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi maʼlumotlariga ko‘ra, husiylar tankerga ikkita kemaga qarshi ballistik raketa otgan, ularning hech biri nishonga tegmagan. Kema va uning ekipaji jabrlanmagan.

Bu husiylarning Qizil dengizdagi Amerika kemalariga shu hafta boshidan beri uchinchi hujumidir. Yamanning katta qismini nazorat qilayotgan harakat vakillari AQSH va Britaniyaning javob zarbalariga qaramay, savdo kemalariga hujum qilishda davom etishini bildirgandi. AQSH davlat departamenti husiylarni xalqaro terrorchi guruh deb rasman e’lon qildi.

Husiylar 2014-yilda fuqarolar urushi natijasida Yamanda hokimiyatni egallab olgan shia guruhidir. Ular Suvaysh kanali orqali yuklar o‘tadigan Yaqin Sharq uchun muhim transport yo‘lagini o‘qqa tutmoqda. Bu hujumlar Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq. Husiylarga ko‘ra, shu tariqa ular “Isroil agressiyasi uchun qasos” olib, HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, ko‘pincha Isroilga aloqasi bo‘lmagan kemalar, jumladan, tijorat kemalari o‘qqa tutilmoqda.

Husiylarning harakatlariga javoban AQSH va Buyuk Britaniya harakatning Yamandagi bazalariga hujum uyushtirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »