Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakati nishonlariga yana hujum qildi, deb xabar bermoqda CBS News Amerika rasmiylariga tayanib. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zarba Qizil dengizdagi kemalarga husiylarning hujumlari soni ortib borayotganiga javob bo‘lgan.

Foto: Reuters

Yamanning Al-Masirah nashri xabariga ko‘ra, AQSH bilan birgalikda Britaniya kuchlari zarbalar bermoqda. To‘rt viloyat: Al-Hudayda, Taiz, Dhamar, Al-Bayda va Saada shahri hujumga uchragan.

Keyinroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida husiylarning 14 ta raketa uchiruvchi qurilmasiga zarba berilgani haqida xabar berdi.

2023-yil oxirida Yaman husiylari G‘azo sektoridagi urush uchun qasos sifatida Isroilga aloqador kemalarga hujum qilishini aytgandi. Natijada eng yirik xalqaro tashuvchilar yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi va bo‘g‘oz to‘sib qo‘yildi.

19-dekabr kuni Vashington Qizil dengizda to‘siqlarsiz va xavfsiz navigatsiyani ta’minlashdan iborat bo‘lgan “Farovonlik qo‘riqchisi” operatsiyasini e’lon qildi. 12-yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya xalqaro koalitsiya ko‘magida yadroviy suvosti kemasidan uchirilgan samolyotlar va “Tomagavk” qanotli raketalari yordamida Yamandagi husiy nishonlariga hujum qildi. Bir kun o‘tib, husiylarga yana zarbalar berildi.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi maʼlumotlariga ko‘ra, 60 dan ortiq harbiy obyektlarga zarba berilgan. New York Times yozishicha, zarbalar 90 foiz holatda o‘z maqsadlariga erishgan, ammo isyonchilarning hujum qobiliyatini atigi 20-30 foiz yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »