Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakati Qizil dengizda Rossiya va Xitoy kemalari uchun erkin o‘tishni ta’minlashga va’da berdi. Bu haqda husiylar siyosiy byurosi a’zosi Muhammad al-Buhaytiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

Foto: AP

Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylarning nishonlari Isroil, shuningdek, AQSH va Buyuk Britaniya bilan aloqador bo‘lgan kemalardir.

“Boshqa barcha davlatlar, jumladan, Rossiya va Xitoyga kelsak, ularning harakatlanishiga hech narsa tahdid solmaydi. Bundan tashqari, biz ularning kemalari Qizil dengizdan o‘tishi xavfsizligini taʼminlashga tayyormiz, chunki erkin navigatsiya mamlakatimiz uchun muhim rol o‘ynaydi”, — dedi husiy harakati vakili.

Al-Buhayti, shuningdek, husiylarning AQSH va Britaniya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorligini e’lon qildi va bu ssenariyni “eng yaxshi yechim” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlarining hujumlari Yamanda faqat birdamlikni targ‘ib qiladi.

“Biz harbiy qudratimizni: raketa va havo salohiyatimizni rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu yo‘nalishdagi ishlar barqaror va ishonchli davom etmoqda. Dushmanlarimizni, AQSH va Buyuk Britaniyani hayratga soladigan yana ko‘plab kutilmagan hodisalar kutmoqda. Bir necha muvaffaqiyatli operatsiyalardan keyin ular haqida bilib olasiz”, — dedi Al-Buhayti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »