Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar rafiqasi va bolalari bilan G‘azo sektoridagi tunnelda yashaganini da’vo qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: OdaTV

Xabarga ko‘ra, Yahyo Sinvar oilasi va HAMAS jangchilari bilan birga Xon Yunis shahri ostidagi tunnelda yashagan. Isroil armiyasi bunga “dalil” bo‘luvchi tunneldan olingan kadrlar bilan bo‘lishgan. Video 10-oktyabr kuni HAMAS tunnellaridan biridagi kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan.

Sinvarning hozirda qayerdaligi noma’lum. Agar video haqiqiy bo‘lsa, bu uning urush boshlanganidan beri ilk tasvirlari bo‘ladi.

Isroil armiyasi e’lon qilgan yana bir videoda Sinvar “yashagan” xona, Isroil va Amerika valyutasidagi banknotalar solingan seyf ko‘rsatilgan.

“Shuningdek, yerosti majmuasida hojatxona va dush xonalari, oziq-ovqat zaxiralari uzoq vaqt saqlanadigan oshxona, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan jihozlangan tansoqchilar uchun xona ham topilgan”, — deya da’vo qilgan Isroil armiyasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »