Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

AQSH rasmiylari ALPHV nomi bilan ham tanilgan Blackcat xakerlar guruhining asosiy shaxslarini aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot taklif qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.

Foto: Google Images

AQSH Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 1 mingdan ortiq kompaniya Blackcat qurboniga aylangan. 2023-yil dekabrida AQSH Federal qidiruv byurosi xakerlarga ular so‘ragan summalarni to‘lamasdan, kiberhujumlarga uchragan tizimlarni qayta tiklash imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqdi.

2024-yil fevral oyi holatiga ko‘ra, dastur taxminan 99 million dollar miqdoridagi mablag‘ni xakerlarga to‘lamay, tejab qolishga yordam bergan.

Kasperskiy laboratoriyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Blackcat xakerlar guruhi shu nomdagi shifrlovchi virusdan foydalanib, 2021-yil oxiridan boshlab keng ko‘lamli kiberhujumlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »