Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” hukumati moliya vazirligi Turkmaniston bilan savdo-sotiqni kengaytirishga harakat qilayotganini bildirdi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, Turkmanistonning Kobuldagi elchisi bilan vazirlikning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Yaqin kunlarda ikki davlatning yuqori martabali soliq delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Afg‘oniston va Turkmaniston rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar ikki tomonlama soliqlarni olmaslik, savdo aloqalarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi sarmoyani ko‘paytirishdan iborat. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 481 million dollarni tashkil qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” harakati hukmronligi ostidagi Afg‘oniston 2023-yilda ikki milliard dollarga yaqin summadagi mahsulotni eksport qilgan. Eng katta eksport Pokiston, Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston va O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan. Afg‘oniston hozirda 60 ta davlat bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »