Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 16–17-dekabr kunlari Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qo‘shma loyihalarni muhokama qilish maqsadida Afg‘onistonning Hirot viloyatiga amaliy tashrif bilan bordi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, tomonlar “Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston—Hindiston (TAPI) gaz quvuri, Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston (TAP) yuqori voltli elektr uzatish liniyasi loyihalarini amalga oshirishning joriy holatini, Afg‘oniston temiryo‘l infratuzilmasini kengaytirish” masalalarini muhokama qilgan.

Turkmaniston delegatsiyasi Afg‘onistonning qator rasmiylari: tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy, konchilik vaziri Shahabutdin Delavar, sanoat va savdo vaziri Nurettin Aziziy bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega loyiha TAPI gaz quvuri qurilishi bo‘lib, quvur bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va elektr tarmog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

Yiliga 33 milliard kub metr gaz o‘tkazish quvvatiga ega gaz quvuri qurilishi 2015-yil dekabr oyida boshlangan. Bu davrda Turkmaniston tomoni Afg‘oniston chegarasiga liniyali quvur olib keldi va xomashyo manbai — supergigant Galkinish konini qazishga kirishdi.

Afg‘oniston hududida uzunligi 800 kilometrdan ortiq bo‘lgan TAPI Hirot, Farah, Nimro‘z, Hilmand va Qandahor viloyatlarini qamrab olishi kerak.

Yaqinda “Tolibon” hukumati o‘z hududidagi TAPI loyihasi uchun mablag‘ to‘lashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat Konchilik va neft vazirligi vakili Homoyun Afg‘on ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »