Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 14-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“PSJ” o‘zida “Real Sosyedad”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa parijliklar hisobni ochdi. 58-daqiqada Kilian Mbappe o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 70-daqiqada esa Bredli Barkolya parijliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va parijliklar birinchi o‘yinda 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

“Bavariya” esa “Latsio”ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 67-daqiqada myunxenliklar futbolchisi Dayo Upamekano jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Hakam esa Noyer darvozasi tomon penalti belgiladi. 69-daqiqada Chiro Immobile penaltidan unumli foydalandi va jamoasining kichik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.


YCHL

1/8 final

14-fevral, chorshanba

“PSJ” – “Real Sosyedad” 2:0

Gollar: 1:0 – 58 Mbappe, 2:0 – 70 Barkolya.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Danilu Pereyra (Ernandes, 72), Lukas Beraldo, Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri, Dembele (Kolo-Muani, 83), Barkolya (Asensio, 72), Mbappe.

“Real Sosyedad”: Remiro, Traore, Le Norman (Pacheko, 78), Subeldiya, Galan, Mendes (Turrientes, 79), Merino, Subimendi, Kubo, Barrenechea (Zaxaryan, 66), Andre Silva (Sadik, 79).

Ogohlantirish: Le Norman (36).

“Latsio” – “Bavariya” 1:0

Gol: 1:0 – 69 Immobile (penalti).

“Latsio”: Provedel, Marushich, Romanyoli, Xila (Gabarron, 81), Hyusay (Lazari, 60), Luis Alberto (Kamada, 81), Kataldi, Genduzi, Felipe Anderson, Isaksen (Pedro, 74), Immobile (Kastelyanos, 74).

“Bavariya”: Noyer, Mazraui, Upamekano, Kim Min Chje, Gerreyru, Goretska (de Ligt, 73), Kimmix, Myuller (Shupo-Moting, 81), Sane (Tel, 81), Musiala, Keyn.

Ogohlantirish: Kimmix (68).

Chetlatish: Upamekano (67).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »