Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi. Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmatining mahalliy boshqarmasi xabar berdi.

14-fevral kuni siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniy jazo o‘tash davomida 27-marta jarima izolyatoriga joylashtirilganini ma’lum qildi. Marhum 47 yoshda bo‘lgan. Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmati Navalniy vafot etgan Yamal-Nenets avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasiga komissiya yubormoqda.

Muxolifatchi sayrdan keyin o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgani, ko‘rsatilgan birinchi yordam esa samara bermagani aytilmoqda.

“Shifokorlar Navalniyning o‘limi sabablarini aniqlashi kerak. Federal Jazoni ijro etish xizmati barcha tekshiruvlarni amalga oshiradi, maxsus ko‘rsatmalar kerak emas”, — deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Aleksey Navalniy 2021-yil boshidan beri qamoqda edi. 2023-yil avgustida Moskva shahar sudi siyosatchini “ekstremizm” ishi bo‘yicha maxsus rejimli koloniyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »