Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron qo‘shni davlatlar bilan quruqlikdagi chegaralarini yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, brigada generali Amir Kiumars Haydariyga tayanib, Mehr xabar berdi.

Foto: Rferl

“Geografiyamizdagi barcha davlatlar bizning yaxshi qo‘shnilarimizdir. Islom respublikasi hech qachon qo‘shni davlatlarning hududlariga tahdid, tajovuz qilish, bostirib kirish yoki egallab olish niyatida bo‘lmagan. Ammo mamlakatning barqaror xavfsizligini ta’minlash qurolli kuchlar zimmasiga yuklangan vazifa bo‘lib, barqaror xavfsizlikka ba’zan dronlar yoki kameralar yordamida, ba’zan esa chegaralarni yopish orqali erishiladi. 

Biz chegaralarimizni yopmoqchimiz va bu reja amalga oshirilmoqda. Bu qo‘shni davlatlarga nisbatan adolatsizlik emas, chunki bu har bir davlatning suveren huquqidir”, — deydi Haydariy.

Generalning ta’kidlashicha, maqsad chegaralarda xavfsizlikni ta’minlashdan iborat. Haydariy tegishli qaror “qo‘shni davlatlar hududini bosib olish yoki bostirib kirishni anglatmasligi”ni qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Eron Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlamoqda. Tegishli loyiha 4 bosqichni o‘z ichiga oladi: birinchi navbatda, to‘siqlar o‘rnatish, keyin infratuzilma va yo‘llarni qurish. Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy aytishicha, Pokiston singari, Eronning Afg‘oniston bilan chegarasi ham noqonuniy kirish uchun foydalaniladigan himoyalanmagan hududlar bilan to‘la. Bunday hududlarga ustuvor ahamiyat beriladi va gap shunchaki panjara emas, balki himoya inshootlari majmuasini qurish haqida bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »