Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi ikki kun ichida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Suriya janubidagi hududlarga katta harbiy qo‘shimcha kuchlarni yubordi. Bu haqda Eye of Euphrates xabar berdi.

Foto: Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi / WION

Xabarga ko‘ra, Eron xavfsizlik boshqarmasi xodimlari himoyasida 300 dan ortiq Iroq va Afg‘oniston millatidan bo‘lgan harbiy kuchlar Iroqdan Suriyaga o‘tkazilgan. Barcha harbiylar o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni qo‘llash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, ular orasida dron mutaxassislari ham bor.

Eron harbiylari rejim kuchlariga tegishli avtobuslar hamda shia ziyoratchilarni tashish uchun mo‘ljallangan boshqa ulovlardan foydalangan holda harbiylarni tashigani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy noyabr oyi boshida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashuvda harakat vakillaridan Tehron va Livanning “Hizbulloh” partiyasiga murojaat qilib, Isroil bilan urushga kirishish haqidagi ommaviy chaqiriqlarni bas qilishni talab qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »