Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Jahon banki ijroiya kengashi Afg‘oniston uchun 300 million dollar ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lardan Tolibon hukumati nazoratisiz foydalaniladi, deya tasdiqladi rivojlanish kreditori. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Reuters

“3.0 yondashuv”  krediti Jahon Banki va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning muhim qismi bo‘lib, u 2021-yilning avgustida Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan mintaqaviy infratuzilma loyihasini ham jonlantiradi. 300 million dollarlik pul miqdori kelasi 15 oy ichida Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi orqali dunyoning eng qashshoq mamlakatlariga kredit berish yo‘li bilan ajratiladi, dedi AFP vakili.

Ushbu mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab muhim xizmatlarni, ayniqsa ayollarga foyda keltiradigan xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va “Tolibon” nazoratidan tashqarida bo‘ladi, — deyiladi xabarda.

Tolibon mamlakatdagi ayollarga qo‘ygan ayrim cheklovlar sababli ko‘plab xalqaro tashkilotlar va yordam agentliklari Afg‘onistonga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘oniston iqtisodiyoti 2021-yilda 20 foizdan, 2022-yilda esa olti foizdan ko‘proqqa qisqargan.

Jahon bankining taʼkidlashicha, “3.0 yondashuvi” Tolibon hukumati bilan hamkorlikda prinsipial yondashuvni amalga oshirishda davom etadi, bu esa ayollarni loyihalar markaziga qo‘yib, loyiha faoliyati ayollar uchun hamda ayollar tomonidan amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »