Afg‘oniston temir ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlashga erishdi
Afg‘oniston temir ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlashga erishdi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, Tasnim News xabar berdi.
Afg‘oniston Temir eritish ittifoqi rahbari mamlakat temir ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlaganini va tez orada boshqa davlatlarga eksport qilishni boshlashini e’lon qildi.
U hukumatdan tariflarni kamaytirishni va temir ishlab chiqarish uchun konlardan olinadigan xomashyo bilan ta’minlashni so‘radi.
Hozirda Afg‘oniston bo‘ylab kamida 42 ta temir-po‘lat zavodi faoliyat yuritmoqda.
Har bir zavodning kunlik ishlab chiqarish quvvati 600 tonnani tashkil etadi va bu zavodlarda 20 mingga yaqin kishi ishlamoqda.