Germaniya Afg‘onistonga besh million yevro miqdorida yordam ajratdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) Germaniya Afg‘onistonga besh million yevro miqdorida yordam berishini e’lon qildi.
OCHA mazkur mablag‘ni Afg‘oniston gumanitar jamg‘armasiga o‘tkazib beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi Germaniyaga Afg‘onistonga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
2023-yil oxirida Germaniya Afg‘oniston gumanitar jamg‘armasi va Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga 65 million yevro ajratgandi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar