Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Kobulda 29-yanvar kuni mintaqaning 11 davlati vakillari va elchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Tolibon” hukumati bu uchrashuvga mezbonlik qildi.

Uchrashuvda nimalar muhokama qilingani haqida batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Biroq bu uchrashuvga o‘z vakillarini yuborgan ko‘plab davlatlar mintaqa xavfsizligi va barqarorligidan xavotirda. Afg‘onistondagi keyingi ikki yildagi o‘zgarishlar ular uchun unchalik ham qoniqarli bo‘lmagan.

Uchrashuvda quyidagi davlatlar ishtirok etgan:

  • Rossiya — maxsus vakil Zamir Kabulov (elchi Dmitriy Jirnov ham)
  • Eron – maxsus vakil va muvaqqat ishlar vakili Hasan Kazemi Qumi
  • Xitoy –maxsus vakil Yue Syaoyun va elchi Chjao Sin
  • Pokiston – muvaqqat ishlar vakili Ubayd ar-Rahmon Nizamani
  • Turkiya – muvaqqat ishlar vakili Jenk Unal
  • Turkmaniston – elchi Xoja Ovezov
  • O‘zbekiston – elchi Yodgorxo‘ja Shodmonov
  • Qozog‘iston – elchi Alimxan Yesengeldiyev
  • Qirg‘iziston – muvaqqat ishlar vakili Daniyar Jolchuyev.

Shuningdek, Hindiston va Indonezidan ham rasmiy vakil qatnashmoqda.



“Afg‘on mintaqaviy hamkorlik tashabbusi” sarlavhasi ostida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda “Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mutaqqiy barcha davlatlar bilan ijobiy hamkorlikni taʼkidlab, hech kim bilan qarama-qarshilik va to‘qnashuv istamasligini aytdi. Aksincha, ular barcha xalqaro tomonlar bilan mavjud xavotirlarni muhokama qilishga tayyor.

Foto: Ozodlikning Afg‘oniston xizmati

“Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka urg‘u berib, mintaqadagi xavfsizlik ularning hukumati uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qo‘shimcha qildi.

“Yarim asrga yaqin zo‘ravonliklarni boshidan kechirgan mamlakat sifatida Afg‘oniston mintaqadagi hech bir davlatning xavfsizlik va beqarorlikka duch kelishini istamaydi, Afg‘oniston Islom Amirligi uchun mintaqa xavfsizligi alohida ahamiyatga ega va “Tolibon” hukumati mintaqa davlatlari bilan umumiy manfaatlar va o‘zaro hurmat asosida hamkorlik qilishga tayyor”, — dedi Mutaqqiy.


Ammo Afg‘onistonning qo‘shnilari, jumladan Eron va Pokiston va mintaqa davlatlari Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va bu davlatda terrorchilik guruhlari tashkil etilishidan o‘z xavotirlarini bir necha bor bildirgan.

Mutaqqiy yig‘ilishida “Tolibon” hukumati modeliga hurmat ko‘rsatishga chaqirdi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston tarixi xorijiy modellar bu davlat uchun ishlamasligini ko‘rsatgan.

“Tolibon” ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy manfaatlar, o‘zaro hurmat asosida mintaqaviy hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish, shuningdek, aloqa va tranzit imkoniyatlarini muhokama qilish ekanini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »