Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

OpenAI kompaniyasi matnlar asosida videolar yaratib beruvchi Sora sun’iy intellekt modeli yaratilganini e’lon qildi.

Sora matnli ko‘rsatmalar va statik tasvirlar asosida fotorealistik videolar yaratadi va mavjud videolarni kadrlar bilan to‘ldira oladi. Yaratilgan videolarning maksimal davomiyligi bir daqiqani tashkil qiladi. Videolarda nafaqat odamlar va hayvonlarning real ko‘rinishlari, balki fantastik sahnalar ham, masalan, havoda suzayotgan kitlar aks etishi mumkin.

Foto: Videodan kadr

Shu bilan birga, kompaniya murakkab sahnalardagi harakatlarni aniq modellashtirishda Sora qiyinchiliklar va xatolarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Hozirda Sora sinov bosqichida va faqat cheklangan doiradagi rassomlar, dizaynerlar va rejissyorlar undan foydalana oladi.

“Sun’iy intellektni sinovdan o‘tkazayotganlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari kerak”, — deydi kompaniya. 

Sora omma uchun foydalanishga qachondan ochiq bo‘lishi noma’lum. OpenAI sun’iy intellektdan foydalanishda xavfsizlik va etikaga e’tibor qaratib, soxta kontentni aniqlash funksiyalar ustida ishlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) ham OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »