Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston har yili jahon mamlakatlarining demokratiya indeksini e’lon qiladigan Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqotlar tashkilotining 2023-yilgi reytingida 167 mamlakat ichida 148-o‘rinni egalladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“Demokratiya indeksi”ni 2006-yildan beri eʼlon qilib kelinadi. Davlatlarga beshta toifa bo‘yicha ball beriladi, so‘ng ballar asosida har biri tuzum turi bo‘yicha tasniflanadi: to‘la demokratiya, nomukammal demokratiya, gibrid tuzum va avtokratiya. Mamlakatdagi demokratiya bilan bog‘liq vaziyatni 10 balldan 2,12 ball sifatida baholamoqda. Bunda toifalarga quyidagicha ball berilgan:

  • saylov jarayoni sifati va plyuralizm — 0,08 ball;
  • hukumat faoliyati — 1,86 ball;
  • siyosiy ishtirok — 2,78 ball;
  • siyosiy madaniyat — 5 ball;
  • fuqarolik erkinliklari — 0,88 ball.

2012-yilda O‘zbekiston The Economist Intelligence Unit reytingida 159-o‘rinda edi. 2018-yil uchun demokratiya indeksida O‘zbekiston 156-o‘ringa chiqqan. 2021-yilgi reytingida esa 150-o‘rinni egallagandi

Shuningdek, reytingda Tojikiston — 155-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Turkmaniston esa reyting yakuniga yaqinroq — 162-o‘rinda. Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetti pog‘ona yuqorilab, mos ravishda 109 va 120-o‘rinlarga joylashgan.

Bundan oldin Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirgani, O‘zbekiston xayr-saxovat bo‘yicha dunyo reytingida 36-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »