Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH razvedkasi Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirmoqchiligini ma’lum qildi. AQSH prezidenti Jo Bayden holat yuzasidan Rossiya bilan muzokara boshlashni buyurdi.

Illyustrativ foto: Shutterstock

Xabarga ko‘ra, gap yadro qurolining yerdagi nishonlarga qarshi emas, balki sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qo‘llanilishi mumkinligi haqida ketmoqda. AQSH Vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi raisi Mayk Tyorner o‘z hamkasblarini “milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid” haqida ogohlantirgan. U ehtimoliy tahdid tafsilotlarini oshkor qilmagan va maxfiy maʼlumotlarni ochiqlash huquqiga ega emasligini aytgan.

Shundan keyin ommaviy axborot vositalari Rossiya o‘zining yadroviy salohiyatini rivojlantirayotgani va koinotda yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirayotganini yoza boshlagan. Vaziyat jiddiy, biroq hozircha tahdid yo‘q, deb yozadi Financial Times.

Tyornerning bayonotidan so‘ng AQSHning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bu borada brifing o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan. Jurnalistlar undan amerikaliklar Tyornerning ogohlantirishidan xavotirlanishlari kerakmi, deb so‘ragan.

“Ishonchim komilki, prezident Bayden o‘z qarorlari bilan Amerika xalqini xavfsiz saqlaydi. Biz AQSH va amerikaliklarning xavfsizligini himoya qila olamiz”, — deb javob bergan u.

O‘z navbatida, AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan orbitada sun’iy yo‘ldoshlarni yo‘q qila oladigan tizimni ishlab chiqish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazishni buyurgan.

“Ular hali ham bu imkoniyatni rivojlantirmoqda. Biz bunga doir ma’lumotlarni tahlil qilmoqdamiz”, — degan Kirbi va Baydenning buyrug‘i tafsilotlarini keltirmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »