“Yurak puldan ustun”. Kilian Mbappe ilk bor “Real”da o‘ynash istagini bildirdi
Kilian Mbappe ilk bor “Real” undan so‘ragan hamma narsani bajardi.
Avvalroq, hujumchi “PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfiga yozda jamoani tark etish qarori haqida ma’lum qilgani aytilgandi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Mbappe yozda “Real”ga o‘tadi.
Kilian “Madrid” undan nima kutayotganini juda yaxshi tushungan. Klub rahbariyati endi Mbappedan 2 yil oldingidek va’dalar emas, aniq qadam kutmoqda.
Endi Mbappe ilk bor “yurak puldan ustun” ekanligini o‘z harakatlari bilan ko‘rsatdi. Endi tomonlar kelishuvni yakunlashi lozim.
25 yoshli hujumchi joriy mavsum “PSJ” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.