Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “PSJ” “Real Sosyedad” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 58-daqiqasida parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi va turnirdagi 44-goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa 25 yoshli forvard Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Neymar va Alessandro del Pyeroni ortda qoldirib, Didye Drogbaga yetib oldi

YCHL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U turnirda 141 ta golga mualliflik qilgan. 2-o‘rindagi Lionel Messi hisobida esa 129 ta gol mavjud.

Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purarlari:

1. Krishtianu Ronaldu — 141 ta gol;

2. Lionel Messi — 129;

3. Robert Levandovski — 92;

4. Karim Benzema — 90;

5. Raul Gonsales — 71;

6. Ruud van Nistelrooy — 60;

7. Andrey Shevchenko — 59;

8. Tomas Myuller — 53;

9. Tyerri Anri — 51;

10. Filippo Inzagi — 50;

11. Zlatan Ibrahimovich — 49;

11. Alfredo di Stefano — 49;

13. Muhammad Saloh — 48;

14. Eysebio — 47;

14. Serxio Aguero — 47;

16. Didye Drogba — 44;

16. Kilian Mbappe — 44;

18. Neymar — 43;

18. Alessandro del Pyero — 43;

20. Erling Holand — 40.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »