Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Seuldagi Yonsey universiteti biomolekula muhandislari mol go‘shti va guruchdan gibrid mahsulot ixtiro qildi. Buning uchun olimlar molning mushak va yog‘ qismidagi ildiz hujayralarini olib, ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri guruch donalariga ko‘chirib o‘tkazdi, chunki ildiz hujayralari o‘z-o‘zini yangilash, yangi hujayralarni hosil qilish, mitoz yo‘li bilan bo‘linish qobiliyatiga ega. Gibrid guruch 9-11 kun davomida Petri idishida yetishtirildi.

Foto: Lifehacker

Hosil bo‘lgan mahsulotning pushti rangi unchalik ishtahani ochmaydi. Unda odatiy guruchga nisbatan 8 foiz ko‘proq oqsil va 7 foiz ko‘proq yog‘ mavjud.

Bir tasavvur qiling, endi insonlar uchun zarur bo‘lgan barcha ozuqa moddalarni sun’iy yetishtirilgan oqsilli guruchdan olamiz. Aslida, guruchning o‘zi yuqori darajada ozuqaviy qiymatga ega, ammo chorva mollari hujayralarini ko‘chirish orqali biz bundan-da yaxshi natijaga erishamiz, — deydi biomolekula muhandisi Sohyon Pak.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, gibrid guruchni yaratishda 100 gr oqsil 6,27 kg karbonat angidridni ishlab chiqaradi. Mol go‘shtida bu ko‘rsatkich 100 gr uchun 49,89 kg. Iste’molchilar uchun gibrid guruchning narxi 1kg mol go‘shti narxining taxminan 15 foizini tashkil qiladi.

Foto: Lifehacker

Noan’anaviy guruch ta’mi va o‘ziga xos hidi yangiliklarni yoqtiruvchi oshpazlarning tajriba o‘tkazishi uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Mazkur mahsulot sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha koreys olimlarining ulkan rejalari bor. Hozirda ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda.

Guruchga ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar yaxshi o‘sishini kutmagan edim. Bu tajriba orqali men gibrid oziq-ovqatlar kelajagini ko‘rmoqdaman. Bunday mahsulotlar ochlikdan qiynalganlarga yordam berishi va hattoki uchuvchilarning kosmosdagi ozuqasiga aylanishi mumkin, — deydi muhandis.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »