Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Velosport bo‘yicha olti karra Olimpiada chempioni britaniyalik Kris Xoy o‘tgan yili saraton kasalligiga chalingani va hozirda kayfiyati yaxshi ekanligini aytib o’tdi.

Foto: Getty Images

“Menda bir yangilik bor. O‘tgan yili menga saraton tashxisi qo‘yildi, bu menga katta zarba bo‘ldi, shu paytgacha hech qanday alomatlar ko‘rinmadi”, — deydi shotland sportchisi Instagram’ga yozgan postida.

“Hozirda kimyoterapiya va boshqa muolajalar olyapman, shukrki, hozir hammasi yaxshi ketmoqda. Yosh oilam uchun men bu ma’lumotni sir saqlashga qaror qilgandim, ammo endi aytishga majburman.

Menga yordam bermoqchi bo‘lgan barchaga rahmat, ammo bu bilan yolg‘iz o‘zim kurashmoqchiman”, — deydi Kris.

Sprinter Xoy Buyuk Britaniyaning velosport bo‘yicha o‘z davrining eng yorqin sportchisi edi. U Afina, Pekin va London Olimpiadalarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u faoliyati davomida 11 marta jahon chempioni bo‘lgan.

2021-yilgacha Xoy eng sovrindor britaniyalik olimpiyachi edi, ammo Tokio Olimpiadasida yettinchi Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan britaniyalik Jeyson Kenni uni ortta qoldirdi.

“Federatsiya senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni yuboradi. Sen albatta yengasan”, — deb sportchiga dalda berdi Britaniya Velosport federatsiyasi ijtimoiy tarmoqdagi postida

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »