Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 mln 759 ming 45 tani tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, 2023-yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 ming 525 taga oshgan. Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar sonining eng ko‘pi poytaxt Toshkentda – 597 ming 931 ta. Mazkur reytingda keyingi o‘rinda Samarqand viloyati – 417 ming 165 ta. 

Shuningdek, boshqa viloyatlarda:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 161 926 ta 
  • Andijon viloyati – 271 885 ta
  • Buxoro viloyati – 241 855 ta 
  • Jizzax viloyati – 109 657 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta
  • Navoiy viloyati – 109 274 ta
  • Namangan viloyati – 247 032 ta 
  • Surxondaryo viloyati – 233 675 ta
  • Sirdaryo viloyati – 75 116 ta
  • Toshkent viloyati – 414 645 ta
  • Farg‘ona viloyati – 354 858 ta 
  • Xorazm viloyati – 226 721 ta

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »