Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston 2023-yil yakuniga ko‘ra Xitoydan yengil avtomobillar importini besh barobardan ortiqqa oshirdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Import qilingan avtomobillarning umumiy soni yil davomida 2,42 barobarga — 30,25 mingdan 73,2 mingtagacha oshgan. Shu bilan birga, avtomobillar olib kelingan mamlakatlar soni 34 tadan 31 taga kamaydi.

2023-yilda mamlakatga 58 ming dona Xitoy avtomobili olib kelingan — bu 2022-yilga nisbatan 5,2 barobarga ko‘p.

Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya joylashgan bo‘lib, mamlakatdan qariyb 11,5 mingta avtomobil import qilingan hamda yillik o‘sish 22 foizni tashkil etgan. Uchinchi o‘rinni 2,2 ming ko‘rsatkich bilan AQSH egalladi. Keyingi o‘rinlar quyidagicha:

  • Gonkong – 454 ta;
  • Yaponiya – 419 ta;
  • Germaniya – 228 ta;
  • Hindiston – 65 ta;
  • BAA – 64 ta;
  • Buyuk Britaniya – 49 ta;
  • Boshqa davlatlar – 158 ta.

Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yilda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Keyingi o‘rinlarda Damas (89 154 dona) va Gentra (82 133 dona) nisbatan ko‘p ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, kompaniya o‘tgan yili 48 082 dona Tracker, 30 596 dona Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqargan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »