Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston 2023-yilda Chevrolet avtomobillari sotuvi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda UzAutoMotors xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Kompaniyaga ko‘ra, bu natijaga erishishga mamlakatda so‘nggi bir necha yildagi avtomobil markalariga bo‘lgan yuqori talab sabab bo‘lgan.

Chevrolet sotuvi bo'yicha jahon reytingida AQSH 1,7 millionta avtomobil sotib, birinchilikni egallagan. O‘zbekiston 370 mingta Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar sotib, ikkinchilikni olgan.

Shu bilan birga, mazkur markadagi mashinalar sotuvida Braziliya (327 ming 781 ta), Meksika (172 ming 66 ta) va Xitoy (168 ming 830) beshtalikka kirgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yilda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Keyingi o‘rinlarda Damas (89 154 dona) va Gentra (82 133 dona) nisbatan ko‘p ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, kompaniya o‘tgan yili 48 082 dona Tracker, 30 596 dona Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqargan.

Ayni paytda Cobalt va Damas sotuvda mavjud emas. Gentra ishlab chiqarish esa to‘xtatilishi xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors 2023-yil 25—27-dekabr kunlari Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 171 200 dan ortiq shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »