Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yil uchun O‘zbekistonda avtomobil bozoridagi holat bo‘yicha sharhini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2022-yilda boshlangan avtomobillar savdosini oshirish bo‘yicha faol tendensiya 2023-yilda ham davom etdi. Yengil elektromobillar segmenti 4,3 baravar ko‘payib, yil davomida eng katta faollikni ko‘rsatdi.

O‘tgan yil davomida 1,69 million dona avtotransport vositalari sotilgan, bu 2022-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. 2023-yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlar may va oktyabr oylarida, sotuvlar 156 va 186 mingta mashinadan oshganida qayd etildi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat

2023-yilda O‘zbekistonda 379 mingta yangi yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sgan. Shu jumladan, 333 mingdan ortiq mahalliy yengil avtomobillar sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p.

Ishlab chiqarish va avtokreditlar

Ikki yil ichida mahalliy yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2021-yildagi 236 ming donadan 2023-yilda 395 ming donagacha 1,6 barobar oshdi. Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar avtomobil sotib olish uchun ko‘proq kredit olishni boshladi. Xususan, 2022-yilda avtokreditlar berish 2,3 barobarga oshib, 19,6 trillion so‘mni tashkil etdi. 2023-yilning 11 oyida aholiga 34,6 trillion so‘mlik avtokreditlar berildi, bu 2021-yilga nisbatan 4,4 barobarga ko‘p.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi yil davomida 2,4 barobar oshdi va 46 mingta avtomobilni tashkil etdi.

2023-yilning 11 oyida yengil avtomobillar importi sezilarli darajada — 2,2 barobar oshdi va 1,56 milliard dollarni (19,4 trillion so‘m) tashkil etdi. Avtomobil bozorining ushbu segmentida mashina importining o‘sishiga asosan bojxona to‘lovlarining kamayishi taʼsir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yangi xorijiy avtomobillar importining o‘sishi kichik avtomobillarga bojxona to‘lovlarining pasayishiga olib keldi.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Bir yil ichida O‘zbekistonda haydalgan yengil avtomobillar savdosi 12,6 foizga o‘sib, 1,16 million donaga yetdi.

Elektromobil bozoridagi vaziyat

O‘zbekistonda 2023-yilda yengil elektromobillar savdosi 4,3 baravarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi. Eng ko‘p elektromobillar Toshkentda (qariyb 71 foiz), eng kami esa Surxondaryo viloyatida (123 ta) sotildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »