Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston dunyo bo‘ylab narkotik iste’mol qilish reytingida 8-o‘rinni, O‘zbekiston esa 95-o‘rinni egalladi. World Population Review tashkiloti saytida tegishli ma’lumot e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

World Population Review tahlilchilari har yili BMTning Narkotiklar bo‘yicha Jahon hisoboti va JSSTning global observatoriyasi ma’lumotlariga tayanib, taqiqlangan moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzadi.

Nasha dunyodagi eng keng tarqalgan giyohvand modda bo‘lib qolmoqda. 2022-yilgi Jahon narkotiklar hisobotiga ko‘ra, u154 ta mamlakat va hududlarda, opium esa 57 ta davlatda eng ko‘p yetishtirilgan giyohvand moddaga aylangan. Kokain ishlab chiqarish uchun qayta ishlanadigan koka o‘simligi esa sakkiz mamlakatda yetishtiriladi.

Giyohvand moddalar eng ko‘p iste’mol qilinadigan 10 ta davlat:

  1. AQSH — amerikaliklarning taxminan 6 foizi giyohvand moddalarni iste‘mol qiladi. Shu sababli, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mamlakat aholisi sog‘lom turmush tarzining 6,7 yilini yo‘qotadi;
  2. Estoniya — aholisi umrining besh yilini yo‘qotadi;
  3. Belarus — fuqarolari giyohvand moddalarni iste’mol qilish tufayli o‘rtacha 4,1 yil umrini yo‘qotadi;
  4. Mongoliya — 4 yil
  5. Kanada — 3,9 yil
  6. Grenlandiya — 3,9 yil
  7. Rossiya – 3,8 yil
  8. Qozog‘iston – 3,7 yil
  9. Birlashgan Arab Amirliklari – 3,7 yil
  10. Daniya – 3,6 yil

Markaziy Osiyo bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa quyidagicha:

  • Qirg‘iziston 23-o‘rin
  • Turkmaniston 41-o‘rin
  • Tojikiston 76-o‘rin
  • O‘zbekiston 95-o‘rin

E’tiborli jihati 2022-yilda jahondagi afyunning 80 foizini yetishtirgan Afg‘oniston reytingda 170-o‘rinni qayd etdi. Ehtimol bu “Tolibon” tomonidan giyohvandlarni ommaviy davolash va narkotik yetishtirishni taqiqlash bilan bog‘liq olib borilayotgan kampaniya natijasi bo‘lishi mumkin.

2023-yil Myanma afyun yetishtirish bo‘yicha Afg‘onistonni ortda qoldirib, dunyoda yetakchiga aylangan edi. Afg‘onistonda “Tolibon” tufayli ko‘knori yetishtirish 95 foizga kamaygan: yillik ishlab chiqarish — 333 tonna, Myanmada esa bu 1 080 tonnaga baholangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »