Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yulduz Usmonovaning muxlislari bahor faslini intiqlik bilan kutishadi. Boisi, xonanda ayni bahor chog‘i yangi konsert dasturi bilan muxlislarini xushnud etadi. Ammo bu yilgi dastur biroz ertaroq fevral oyida boshlandi. Ammo aytish mumkinki, tashqari qorga burkangan bo‘lsa-da, “Istiqlol” sanʼat saroyida bahor nafasi ufurib turardi.

Xonanda bu yilgi sahna bezaklarida gullarga alohida urg‘u bergan.

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonova har yilgi konsertida yangi qo‘shiqlarga alohida eʼtibor berardi. Bu yilgi dastur repertuari esa asosan nostalgiya qo‘shiqlaridan iborat bo‘ldi. Ammo muxlislar buni o‘zgacha zavq bilan qarshilashdi.

Foto: “Daryo”

Konsert to‘liq jonli ijroda o‘tkazilgani uchun ham katta orkestr va xor jamoasi ham ishtirok etdi. Saroy sahnasida 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Foto: “Daryo”

Dasturni doimgidek qiziqchi Shukrullo Isroilov olib bordi.

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonova “Navro‘z” raqs jamoasi raqqos va raqqosalari bilan birga tengma-teng raqsga tushdi. Ayniqsa, uning xorazmcha raqsi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Xonandaning bu yilgi konsert dasturi ham ko‘taringki kayfiyatda o‘tdi. Faqatgina konsert berish borasida bir necha yil tanaffus qilmoqchi ekani haqidagi gaplari muxlislarni biroz ranjitdi. Chunki primadonna kabi sahnada yonib kuylaydigan xonandalar ko‘p emas.

Foto: “Daryo”

Agar Yulduz Usmonova konsertining zavqini qisman bo‘lsa-da, his qilishni istasangiz, tayyorlangan maxsus reportajni tomosha qiling. Ketgan vaqtingizga aslo achinmaysiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »