Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ayrim psixologlarga nisbatan aytgan tanqidiy fikrlari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Foto: “Daryo”

— Sen nima deyapsan, og‘zingga qarab gapirgin. Bo‘yningni yulib olaman. Agar Qurʼoni karimni o‘qib, shunday ishlar qilayotgan bo‘lsangiz, bu sizning muammoyingiz. Ro‘mol o‘rab turib, musulmonlarning muqaddas kitobini yomonlab o‘tirganlarning kimligini bilaman. Ro‘molga yopinib islomga qarshi ishlayotganlarni ham bilaman. Ro‘molingni yechib, bu yerdan yo‘qol. Xristian ham ro‘mol o‘raydi. Sening gaplaring telba-teskari. Abror Muxtor Ali juda to‘g‘ri gaplarni gapirdi. To‘g‘ri gapning to‘g‘riligini aytish kerak. “Lyuboy” psixologni olib keling, firibgar ekanligini bo‘yniga qo‘yib beraman. Ering domla, sen folbin bo‘lib Qurʼoni karimni boshqa kitoblar bilan aralashtirib gapirsang. Odamlardan 37 million so‘mdan olsang, u pulni senga emas, yetim-yesirlarga bersa bo‘lmaydimi? Bu masalada davlatimizga murojaat qilyapman, bu masalaga chora ko‘rilishi kerak, — deydi xonanda Instagram tarmog‘ida bo‘lgan jonli suhbatda.

Xonandaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda “aylangach”, jurnalist Sarvar Bahodirov psixolog Shoira Isoqova bilan intervyu tashkillashtirdi. Psixolog sifatida xonandaning fikrlariga qanday munosabatda ekanligini so‘radi.

Foto: Instagram

— Bugungi kunda psixologiya sohasini biznesga aylantirib olganlar bor. Qo‘lida birorta hunari bo‘lmasdan uyda o‘tirib, bekorchilikdan o‘zidan psixolog, psixogenetik va ezoterik yasab olganlar ham juda ko‘p. Aslida psixologiya hazillashib shug‘ullanadigan soha emas — bu juda jiddiy ilm. Baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga Qurʼoni karim bo‘lsa bas, psixologiya kerak emas”, deb yozishadi. Unda sizga stomatolog va nevropatolog kabi sohalar ham kerak bo‘lmasligi lozim. Chunki psixologiya ham mana shular qatoridagi katta yo‘nalish hisoblanadi. Bugungi kunda xorijda psixologiyaning 300 dan ortiq yo‘nalishi bo‘lsa, bizda bor-yo‘g‘i 10-12 tasi ishlaydi xolos. Yulduz Usmonova haq, men psixogenetiklarning qabuliga borib, ota-bobomning qilgan gunohlari uchun men javobgarman deb depressiyaga tushib qolgan ko‘p insonlar bilan ishlayapman. “Hozirgi hayotingda kimlarningdir xatosi uchun javob beryapsan”, degan noto‘g‘ri talqin bor. Bu noto‘g‘ri tushuncha. Chunki inson har bir tashlagan qadami va hayoti uchun o‘zi javob beradi.

Yulduz Usmonovaning baʼzi gaplariga qo‘shilmayman, hamma psixologlarga birdek tosh otib qo‘ydi. Bizda haqiqiy ilm olgan psixologlar ham bor, xonanda bu gapi bilan ho‘l-u quruqni birdek yoqib qo‘ydi. Shaxsan men 25 yildan buyon shu sohada izlanishlar olib boraman, shu bois Yulduz Usmonovaga o‘z eʼtirozlarimni bildirdim.

Men o‘sha psixologlarning bir soatlik qabuli puliga qiziqib ko‘rdim. Biriniki 12 million so‘m, hatto baʼzi soxta psixologlardan maslahat olish uchun 37 milliongacha ham pul sarflashar ekan. Qanday qilib psixologik yordamga muhtoj bo‘lib turgan odamdan bunchalik ko‘p pul talab qilish mumkin? 100-200 AQSH dollarini oldindan plastik kartasiga tashlasangiz, keyin vaqtini belgilab, onlayn konsultatsiya qiladiganlari ham bor ekan. Qaysi kitob asosida bemor bilan shug‘ullanasiz, desangiz javob berisholmaydi. Go‘yoki ular bir soat ichida insondagi bor muammoni hal qilib beradigandek gapirishadi. Bu imkonsiz, psixologik muammolardan bunchalik qisqa vaqt ichida qutulib bo‘lmaydi.

Yaqinda bir inson soxta psixolog qabuliga borganda “Sizga ota-onangizning baxtsizligi o‘tyapti. Ulardan voz keching”, debdi. Qanaqasiga inson ota-onasidan voz kechishi mumkin? Bu gap islom diniga ham to‘g‘ri kelmaydi-ku. Bittasi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqib “Sizning pulingiz yo‘qmi, demak, otangizdan xafasiz. Yoki qaysidir ajdodingizning qilgan gunohi uchun javob beryapsiz”, deydi. Balki, pulsizlikning sababi inson o‘z ustida ishlamasligi bilan bog‘liqdir. Nega inson xatolarini o‘zidan emas, o‘tib ketgan ajdodlaridan izlashi kerak? — deydi psixolog Shoira Isoqova.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »