Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya o‘z hududida AQSH yadroviy arsenalini joylashtirish zaruriyatini ko‘rmayapti.

Bu haqda Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo Polshaning Rzeczpospolita gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya NATO doirasida o‘z vazifalarini bajarishga puxta hozirlik ko‘rmoqda va alyansga potensial tahdidlarni oddiy qurollar yordamida bartaraf etish uchun hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“AQSH yadroviy qurolini Finlyandiyada joylashtirishga ehtiyoj yo‘q, chunki NATOning o‘zi yadroviy tiyib turishni eplaydi. Yadro qurollari alyansning bir qancha mamlakatlarida joylashtirilgan va buning o‘zi kifoya”, — dedi u.

Dekabr oyida Finlyandiya hukumati AQSH bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra Pentagon Finlyandiyaning jami 15 ta harbiy obyektiga kirish huquqiga ega bo‘lgandi. Amerikaliklar u yerda qo‘shin, qurol va texnikani joylashtirishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »