Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, muzokaralar avvalida hukumat raisi o‘rinbosari Denis Manturov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 5—7-oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik  bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023-yilda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, taʼlim va tibbiyot forumlarining samarali natijalari yuksak baholangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zaro savdoning o‘sish surʼatlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o‘tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »