Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlab turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja sovuq, shimolda 7-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 19—20-fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 21—23-fevralda 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

19-fevral kuni kunduzi viloyatlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20-fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

21—23-fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor.

Toshkentda 19-fevral kuni kunduzi, shuningdek 20-fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21—23-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19—20-fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 21—23-fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »