Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zbekistonliklarni qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish hamda iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurishga chaqirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Vazirlikning ogohlantirishicha, binodan chiqayotganda, tomlarda qor massalari, sumalaklar va muzlarning to‘planishi, ularning tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘tishga eʼtibor berish kerak. Bolalarni xavfli deb hisoblangan joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Binolarning tomidan qor massalari va sumalaklar tushish holatlarida xavfsizlik choralari:

  • qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmaslik, bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
  • agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmang, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘tish lozim;
  • quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmaslik kerak, chunki tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmay qolish mumkin;
  • piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqin eshitilganda, to‘xtamaslik kerak. Bunday vaqtda qochib ketib bo‘lmaydi, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish lozim, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi;
  • avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymaslik kerak;
  • agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish lozim.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 17-fevral kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shamol tezligi baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »