Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avval ham filmlarning suratga olish maydonchalarida nimalar sodir bo‘lishi haqida yozgan edik. Endi seriallar haqida gaplashishning ayni vaqti.

“Sheldonning bolaligi”

Regan Revord, ya’ni Sheldonning egizak opasi, sitkomning sahna ortida nimalar bo‘lishi haqidagi kadrlar bilan bo‘lishdi. Mana shunday jamoa bilan suratga olish maydonchasida qanday zo‘r muhit hukmron ekanini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

“Uenzdey”

Aslida ekrandan tashqaridagi “Uenzdey” unchalik qo‘rqinchli emas. Eng ko‘p hayratlanarlisi — oilaning sirli a’zosi bo‘lgan Qo‘l. Haqiqatda esa qo‘rqinchli Qo‘lni ko‘k kostyum kiygan aktyor harakatga keltiradi.

“Binodagi qotillik”

Mazkur film ijodkorlari kuchli aktyorlar jamoasini yig‘gan. Asosiy rollar Meril Strip, Stiv Martin, Selena Gomes va Martin Shortga nasib etgan. Aniqki, bunday yulduzli jamoa bilan suratga olish maydonchasida hech kim zerikmagan, yorqin kadrlar esa buning isboti.

“Emili Parijda”

Kruassanlar, hashamatli liboslar va iste’dodli hamkasblar — mana shular Lili Kollinzni “Emili Parijda” filmining suratga olish jarayonida o‘rab turgan. Aytgancha, yaqinda to‘rtinchi mavsumning suratga olish ishlari boshlandi.

“Qirolichaning yurishi”

“Qirolichaning yurishi” mini-seriali sirli va dramatik atmosfera bilan to‘ldirilgan. Lekin ekrandan tashqarida ham bu atmosfera tarqamaydi. Ba’zan Anya Teylor-Joy ish jarayonidan chalg‘ib, yigiti bilan dam olishga ham ulguradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »