Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Nasaf” 21-fevral, chorshanba kuni “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: “Nasaf”

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa ikkala jamoa ham darvoza tomon yo‘l topa oldi. Dastlab, 51-daqiqada Akmal Mozgovoy qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Kojo Laba muvozanatni tikladi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Rahimi mezbonlarning g‘alaba goliga mualliflik qildi. Shu tariqa “Nasaf” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.


OCHL

1/8 final bahsi

21-fevral, chorshanba

“Al-Ayn” – “Nasaf” 2:1

Gollar: 0:1 — 51 Mozgovoy, 1:1 — 55 Laba, 2:1 — 90+2 Rahimi.

“Al-Ayn”: 17. Holid Eysa, 3. Kuame Kuadio Autonn, 5. Park Yong Vu, 6. Yahyo Nodir, 7. Omer Akili (8. Muhammad Abbas Al Blushi, 61), 9. Kojo Laba, 11. Bandar Muhammad, 16. Holid Muhammad Al Hashmi, 20. Matias Palasios, 21. Sofian Rahimi, 40. Holid Al Blushi (13. Ahmad Barman, 61).

“Nasaf”:  35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov, 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 30. Temur Chogadze (20. Viktor Da Silva, 83), 70. Jaba Jigauri (45. Zoran Marushich, 63)  88. Marko Stanoyevich (9. Javohir Sidiqov, 63) 97. Bobir Abdixoliqov (44. Shahzod Akramov, 83).

Ogohlantirish: Al Blushi (39), Matias Palasios (85), Muhammad (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »