Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023-yil 5—7-oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir. Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.

Shavakat Mirziyoyev Qozon shahriga so‘nggi marta 2023-yilning oktyabrida Rossiyaga rasmiy tashrif doirasida borgandi. Tashrif davomida Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazib, uning yakunida muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy sheriklik loyihalarini qo‘shma “yo‘l xarita”lari asosida ilgari surishga kelishilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »