Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 21-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Napoli” o‘z uyida Ispaniyaning “Barselona” jamoasini qabul qildi. Birinchi bo‘limda jamoalar o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Levandovski mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 15 daqiqa o’tib Osimhen himoyachi bilan kurashda yutib chiqdi va hisobni tenglashtirdi. Ushbu gol uchrashuvda so‘nggisi bo‘lib qoldi. 

Portugaliyada bo‘lgan “Portu” hamda “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuv murosasiz kurashlar bilan kechdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Rays darvoza to‘sinini nishonga oldi. 27-daqiqada Saka to‘pni burchak to‘pidan o‘yinga kiritib, to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Afsuski, to‘p bu safar ham darvozaga kirishni xohlamadi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida ham “Arsenal”da imkoniyatlar bo‘ldi, ammo mezbonlar 94-daqiqada Galenoning ajoyib zarbasini golga aylantirdi va g‘alabani “ilib” ketdi.

Javob uchrashuvlari 13-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

“Napoli” – “Barselona” 1:1

Gollar 0:1 – 60 Levandovski, 1:1 – 75 Osimxen.

“Napoli” – Meret, Di Lorenso, Jezus, Rraxmani, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Kayuste (Traore, 68), Politano (Raspadori, 77), Kvarasxeliya (Lindstrem, 68), Osimxen (Simeone, 77).

“Barselona” – ter Shtegen, Kunde, Martines, Arauxo, Joau Kanselu, Kristensen, Romeu, Gyundogan, de Yong, Pedri, Yamal (Rafinya, 80), Levandovski.

Ogohlantirishlar: de Yong (16), Martines (76), Kristensen (78).

“Portu” – “Arsenal” 1:0

Gollar: Galeno

“Portu” – Diogu Koshta, Joau Mariu, Pepe, Otavio, Vendell (Eushtakiu, 90), Niko Gonsales (Xayme, 81), Varela, Pepe Akino, Galeno, Fransishku Konseysau (Gonsalu Borjesh, 85), Evanilson (Toni Martines, 85).

“Arsenal” – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver, Edegor, Rays, Xaverts, Trossard (Jorjino, 74), Martinelli, Saka.

Ogohlantirishlar: Rays (2), Fransishku Konseysau (52), Kiver (57), Xaverts (60), Niko Gonsales (62).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »