Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Detektiv muxlislarini ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan eng qiziqarli yangi filmlar haqida ma’lumot beramiz.

“Haqiqiy detektiv: Tunlar mamlakati”

Kult serialning to‘rtinchi mavsumi “sovuq, qorong‘i va maksimal darajada qiziqarli” bo‘lishi va’da qilinmoqda. Endi asosiy qahramonlar sifatida ikki ayol-politsiyachi tanlangan, fonda Billi Aylishning treki eshitiladi, voqealar esa Alyaskadagi konchilar shaharchasida sodir bo‘ladi. U yerda ilmiy-tadqiqot stansiyasining xodimlari yo‘qolgan. Jodi Fosterning qahramoni ularni tirik topa olmasliklariga ishonchi komil.

“Qotil”

Yangi serial Mayk Omerning jahon bestselleriga asoslangan. Loyihaning roman bilan ko‘p umumiy jihatlari bor: garchi film ijodkorlari Chikagoni Sankt-Peterburgga almashtirgan va personajlarni qayta nomlagan bo‘lsa-da, qiziqarli syujet, oxirigacha ushlab turadigan intriga va psixologizm “o‘z o‘rnida” qolgan. Albatta, noma’lum qizlarni haykallarga aylantiruvchi seriyali qotilning dahshatli hikoyasi ham tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Zoya Volgina esa bu ish bilan shug‘ullanadi. U qotilni topadi, lekin asosiysi — uning nima uchun bunday qilishini tushunishga harakat qiladi.

“Bitta binodagi qotilliklar”

Qotilliklar ko‘p qavatli elita uyda sodir bo‘ladi. Asosiy qahramonlarni Stiv Martin, Martin Short va Selena Gomes o‘ynagan. Mish-mishlarga ko‘ra, to‘rtinchi mavsumda ham bu afsonaviy ro‘yxat o‘zgarmagan, biroq voqea joyi Los-Anjelesga almashadi. Uchinchi mavsum oxirida ularga Meril Strip ham qo‘shiladi.

“Janob Speyd”

“Qirolichaning yurishi” rejissyori Skott Frenk yana bir ajoyib kartina “Janob Speyd”ni taqdim etdi. Filmda hammasi klassika bo‘yicha: Fransiya, 60-yillar, kichik shaharcha va olti ruhoniyning kutilmagan sirli o‘limi. Voqeani tekshirishni nafaqadagi xususiy detektiv o‘z zimmasiga oladi. Bir guvohning so‘zlariga ko‘ra, qotil monastirdan aljirlik bolani qidirgan. Shundan so‘ng yanada g‘alati voqealar sodir bo‘ladi, barcha iplar o‘ziga xos qobiliyatlarga ega bo‘lgan sirli bolaga olib boradi.

“Yangi kelgan”

Naytan Fillion ijrosidagi Jon Nolan — politsiya bo‘limida hali “yangi” — darhol tomoshabinlarning ko‘nglidan joy oladi. Syujetga ko‘ra, Jonning hayoti kutilmaganda o‘zgarib ketadi. U bankdagi o‘g‘rilikka guvoh bo‘ladi, hayajonlanganidan qo‘rquvni unutib, jinoyatchi bilan gaplashishga urinadi, bu esa bir soniya bo‘lsa-da, o‘zini qahramondek his qilishiga olib keladi. Garchi kelishishga urinish natija bermagan bo‘lsa-da, uning qalbida odamlarni qutqarish istagi yanada kuchayadi. Shu tufayli Jon politsiya akademiyasiga qabul qilinadi, u yerda 40 yoshli eng keksa kursant bo‘ladi. Ammo hamma o‘rta yosh inqirozi haqida hazil qilsa-da, u o‘zining kasbiy layoqatini isbotlaydi. Jonning zimmasida o‘nlab ochiq ishlar mavjud va bularning barchasini fosh qilishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »