Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tadqiqotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchilar Yer aholisining 60 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi va ular har kuni millionlab xabarlar, surat va videoroliklar joylashtiradi. Ammo ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni xohlamaydigan Gollivud yulduzlari ham bor. Forbes Life ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tmagan va shaxsiy hayotini himoya qilayotgan mashhurlar haqida ma’lumot beradi.

Emma Stoun

Emma Stoun Twitter akkaunti 2012-yilda buzilgach, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatadi. Shundan beri aktrisa birorta ham platformada sahifaga ega emas. 2014-yilda Stoun o‘z qarorini shunday tushuntirgan: u zamonaviy dunyoda odamlarning hayoti tez-tez ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatlari va “qaysi fotolari ma’lum bir kunda eng yaxshi ko‘rilishini” tanlashlari orqali “qurilishini” yoqtirmaydi.

Jorj Kluni

Aktyor Jorj Klunining fikricha, ijtimoiy tarmoqlarga post qo‘yish muammoli vaziyatga tushib qolishning oson yo‘lidir. 2009-yilda Torontoda o‘tkazilgan kinofestivalda jurnalistlar bilan suhbatda u shunday degandi: “Ijtimoiy tarmoqlarda har kim og‘ziga kelgan gapni osonlikcha gapirib qo‘yishi mumkin. Menimcha, o‘zim haqimdagi ma’lumotlar bu qadar ochiq bo‘lishi kerak emas”.

Jennifer Lourens

Jennifer Laurens 2014-yildan beri ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi, chunki xakerlar uning iCloud hisobini buzib, bir nechta shaxsiy rasmlarini internetga tarqatib yuborgan. Bundan tashqari, aktrisa bir necha bor ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish unga qulay emasligini va internetning unga “ortiqcha yuk” ekani haqida aytgan.

“Hech qachon Twitter akkauntim bo‘lmagan. Men telefonga va texnologiyalarga unchalik yaxshi tushunmayman. Hatto elektron pochtamni ham kuzatishim qiyin, shuning uchun Twitter akkaunti ochish g‘oyasi men uchun o‘ylab bo‘lmaydigan ish”, — degan aktrisa 2014-yilda BBC Radio 1 efirida.

Bred Pitt

Aktyor Bred Pitt 2014-yildayoq ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishni xohlamasligini aytgan, garchi ularda ma’lum afzalliklarni ko‘rgan bo‘lsa ham. GQ jurnaliga bergan intervyusida u internetdagi akkauntlarning mashhurlarga ular haqidagi mish-mishlarni tezda rad etish uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Ulardan foydalangan holda darhol o‘zingiz haqingizdagi noto‘g‘ri mish-mishlarga qarshi kurasha olasiz. Agar yoshligimda ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo‘lganida, men ehtimol ulardan foydalangan bo‘lardim. Lekin hozirgi paytda bunday narsalar bilan o‘zimni chalg‘itmoqchi emasman”, — deb tushuntirgan Pitt.

Deniel Redkliff

Aktyor Deniel Redkliff uchun ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish maxfiylikni himoya qilish masalasidir. Redkliff Twitter’ni “intellektual” platforma deb hisoblamasligini ham tushuntirgan, chunki unda butunlay begona odamlar bilan osongina bahsga kirishib ketish mumkin.

Bundan tashqari, u ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni xohlamaydi, chunki “Garri Potter” filmlarida suratga tushish paytlarida o‘ziga yetarlicha salbiy tanqidlar eshitgan.

Skarlett Yoxansson

Skarlett Yoxansson 2011-yilda bergan intervyusida shunday degan: “Mening Facebook yoki Twitter’da akkauntim yo‘q. Men kundalik hayotimning detallarini doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqda bo‘lishishni tasavvur qila olmayman”. Shundan beri vaziyat o‘zgarmagan, aktrisa hali ham hech qanday ijtimoiy tarmoqdan foydalanmaydi.

Eddi Myorfi

2016-yilda Britaniya nashri The Independent Eddi Myorfini luddit sifatida ta’riflagan — bu atama XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida Angliyada sanoat inqilobiga qarshi chiqqan va ish o‘rinlarini yo‘qotishdan qo‘rqib, mashinalar va stanoklarning o‘ylab topilishiga qarshi chiqqan namoyishchilarga berilgan edi. Buning sababi aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlardan tortib elektron pochta manzili, hatto kompyuteri yo‘qligini aytgan izohi edi.

Myorfi bunday vositalardan foydalanmaslikka qaror qilishini, boshqa birovlar bilan “kundalik hayotning ikir-chikirlari”ni bo‘lishish zaruratini his qilmasligi bilan izohlagan. “Men ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarim bilan muloqot qilishim yoki Twitter’da men hozirgina qulupnay yedim deb yozishim shart emas. Men hech qachon bunday ish qilmayman”, — degan u 2022-yilda The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »