Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aksariyat aktyorlar o‘rtacha maosh olsa-da, Gollivudning bu mashhurlari har bir roli uchun yuzlab million dollar ishlab topishi mumkin.

Tom Henks — “Forrest Gamp” (1994)
Gonorar: 60 million dollar

Mashhur aktyor Tom Henks Robert Zemekisning “Forrest Gamp” filmidagi yulduzli roli uchun 60 million dollar olgan. “Forrest Gamp” dunyo bo‘ylab taxminan 680 million dollar daromad keltirgandan so‘ng, Henks film umumiy daromadining deyarli 10 foizini tashkil qilgan katta gonorar olishga muvaffaq bo‘ladi.

Adam Sendler — “Sirli qotillik” (2019)
Gonorar: 62,5 million dollar

Adam Sendler Netflix bilan to‘rtta filmni suratga olish bo‘yicha shartnoma tuzadi, bu esa unga 62,5 million dollar miqdorida aqlbovar qilmaydigan gonorar keltiradi. Shartnoma Sendlerga 250 million dollar, ya’ni har bir film uchun 62,5 million dollardan ishlab topish imkonini beradi.

Harrison Ford — “Indiana Jons va billur boshsuyagi qirolligi” (2008)
Gonorar: 65 million dollar

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fordning gonorari “Indiana Jons va taqdir charxpalagi” (2023) qismida keskin qisqartirilgan edi, lekin u “Indiana Jons va Billur boshsuyaklar qirolligi” filmida 65 million dollar ishlab topgan.

Jonni Depp — “Alisa ajoyibotlar mamlakatida” (2010)
Gonorar: 68 million dollar

2010-yilda Depp 68 million dollarga teng bo‘lgan 50 million Britaniya funt sterlingi evaziga “Alisa ajoyibotlar mamlakatida” filmida suratga tushib, Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorga aylanadi.

Sandra Bullok — “Gravitatsiya” (2013)
Gonorar: 70 million dollar

Sandra Bullokka “Gravitatsiya” filmidagi roli uchun 70 million dollar miqdorida avans sifatida gonorar to‘lanadi, lekin aktrisa ancha katta summa ishlab oladi — shartnomaga ko‘ra u umumiy kassa yig‘imining 15 foiziga egalik qiladi.

Tom Kruz — “Uddalab bo‘lmas topshiriq: Fantom protokoli” (2011)
Gonorar: 75 million dollar

Filmdagi Itan Hant roli Tom Kruzga 75 million dollar olib keladi. Kruzning “Fantom protokoli” filmi uchun berilgan gonorari unga 2012-yilda Forbesning eng nufuzli aktyorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallashiga imkon beradi.

Kianu Rivz — “Matritsa” (1999)
Gonorar: 83,3 million dollar

Kianu Rivz “Matritsa” franshizasiga tegishli barcha filmlar uchun taxminan 250 million dollar ishlab topgan, ya’ni har bir qism uchun 83,3 million dollardan. Shu bilan birga, o‘zining xayriya faoliyati bilan mashhur bo‘lgan aktyor gonorarning katta qismini leykemiyaga chalinganlarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarga xayriya qiladi.

Uill Smit — “Qora libosli odamlar 3” (2012)
Gonorar: 100 million dollar

Aktyorlar o‘rtasida odat tusiga kirganidek, Uill Smitning “Qora libosli odamlar 3” filmi ijodkorlari bilan kelishuvi uni dastlabki maoshi va kassa yig‘imining bir qismini qo‘shib to‘lashni ko‘zda tutgandi. Bunday kelishuv bilan Smit Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biriga aylanadi.

Tom Kruz — “Top Gan: Maverik” (2022)
Gonorar: 100 million dollardan ortiq

Tom Kruz “Top Gan: Maverik” dramatik harbiy filmida suratga tushish orqali 100 million dollardan ko‘proq pul ishlab topadi. Kruz o‘zi uchun foydali kelishuvga erishadi, bu unga jumladan filmning global kinoprokatdagi shov-shuvli muvaffaqiyati sababli boyib ketishiga imkon berdi. Hozirgacha Tom Kruz barcha vaqtlarning eng ko‘p haq to‘langan aktyori hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »