Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kilian Mbappe qachon “Real”ga o‘tmoqchi bo‘lgani aniq bo‘ldi. 

Foto: Getty Images

Fransuz mavsum oxirida erkin agent sifatida madridliklar safiga borib qo‘shiladi. Forvard “Real” bilan shartnomani imzolaganidan so‘ng “PSJ” uning ketayotganini e’lon qilishi kutilmoqda.

Yanvar oyining boshida Mbappe kelajagi borasidagi savollarga: “Hali tanlov qilmadim. Lekin prezident bilan kelishuvim bor, “PSJ” xavotir olmasa ham bo‘ladi”, deya javob bergan.

Biroq, L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, Kilian dekabr oyidayoq “Real”ga o‘tish qarorini qabul qilib bo‘lgan.

Kilian OAV shovqin ko‘tarmasligi uchun buni ochiqchasiga aytishdan bosh tortgan.

Uning agenti vazifasini bajarayotgan onasi Fayza Lamari esa OAV bosimi kamaytirish va o‘g‘lining Parijdagi faoliyati muvaffaqiyatli tugashi uchun turli intervyular va qo‘llab-quvvatlovchi materiallar bilan chiqishlar qilmoqda. 

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida 20 ta o‘yinda 21 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »