Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 18 yoshli ikki nafar qiz bedarak yo‘qoldi. Viloyat IIB holat yuzasidan aholiga murojaat qildi. 

Kadr: Telegram

Xabar berilishicha, Qo‘shtepa tumani “Garmdon” MFY Farovonlik ko‘chasi 53-uyda yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan Ibroximova Madinabonu Oybek qizi shu yil 15-fevral kuni soat 13:00 larda yashash xonadonidan o‘qishga deb chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. 

Uning alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm atrofida, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, quloqlari, burni o‘rtacha kattalikda, lablari o‘rtacha qalinlikda, ruhan sog‘lom. O‘sha kuni egnida qora rangli ayollar paltosi, qora shim, oq rangli oyoq kiyimi bo‘lgan. 

Shuningdek, Qo‘shtepa tumani, “Do‘stlik” MFY Iltifot ko‘chasi 38-uyda yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Jiyanboyeva Ruxshona Sherzod qizi 2024-yil 15-fevral kuni soat 15:00 larda yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. 

Uning alohida belgilari: bo‘yi 155-160 sm, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, quloqlari, burni o‘rtacha kattalikda, lablari o‘rtacha qalinlikda, ruhan sog‘lom. O‘sha kuni egnida sariq rangli ayollar kurtkasi, qizil rangli oyoq kiyimi bo‘lgan. 

Yuqoridagi qizlar haqida biror bir maʼlumotga ega bo‘lganlar 102 qisqa raqamiga yoki 73: 244-36-22 raqamlariga xabar berishi so‘ralgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »