Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanda bobo nevaralariga o‘g‘lining alimenti uchun o‘z uyini sovg‘a qildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2020-yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi N.Isakovaning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining taʼminoti uchun qarzdor A.Abdraxmanovning har oydagi jami daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan. Ijro harakatlari davomida, qarzdor A.Abdraxmanovning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi yuzaga kelgani sababli bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan, uning O‘zbekistondan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan 2022-yili cheklov o‘rnatilgan.

Qarzdor A.Abdraxmanovning otasi N.Abdraxmanov Xo‘jayli tumani, “Tutzor” MFYdagi o‘z uyini nevarasi N.Sh.ga hadya etgan. Shundan so‘ng, undiruvchi N.Isakova byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limiga kelib, yuqorida ko‘rsatilgan sud hujjatiga asosan undirilishi belgilangan aliment pullaridan voz kechishini bildirib, ariza bergan va ijro harakatlari tugatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »