Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoda ota uch farzandi uchun aliment evaziga Toshkentdan uy sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor E.B.dan, undiruvchi G.X. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi mavjud.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, qarzdor farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisobiga Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan xonadonlardan birini hadya qildi hamda mazkur xonadon undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berildi.

Shu sabab ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »