Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Beykoz shahri hokimi Murat Aydin o‘zining Instagram sahifasida ajoyib video bilan bo‘lishdi. Unda mushuk bolasi hokim yelkasiga chiqib oladi, majlis o‘tkazayotgan Murat Aydin mushukni bezovta qilmay, o‘z ishida davom etadi. Mushukning ismi Bella bo‘lib, u shahar munitsipalitetida yashaydi.

Foto: Koshkavetra
“Bu Bella bilan majlislar zalidagi ilk va so‘nggi uchrashuvimiz edi”, — deb yozadi hokim.

Aslida ushbu voqeaga bir necha oy bo‘lgan va mushuk ancha ulg‘aygan. Murat Aydin ijtimoiy tarmoqdagi xabarini 1-mart kuni nishonlanadigan Xalqaro mushuklar kuni bilan bog‘lagan edi.

2023-yil aprel oyida shunga o‘xshash voqea Jazoirdagi masjidda sodir bo‘lgan edi: mushuk ibodat qilayotgan imomning yelkasiga chiqib olganda, imom namoz o‘qishda davom etgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »