Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Film tomosha qilar ekanmiz, ko‘pincha undagi obrazlarga qoyil qolamiz, lekin har bir kadr ortidagi mashaqqatlar haqida o‘ylamaymiz. Masalan, kiyimlarni olaylik: ular nafaqat film estetikasining bir qismi bo‘lib xizmat qiladi, balki qahramonlarning shaxsiyatini ham ochib beradi. Biroq ular chiroyli bo‘lishi bilan birga juda noqulay bo‘lishi ham mumkin.

Skarlett Yoxansson va qora beva kostyumi

Kinoyulduzning tan olishicha, u suratga olish jarayonida kiygan superqahramon kostyumi ko‘proq gidrokostyumni eslatgan. U shunchalik issiq bo‘lganki, aktrisada hatto gallyutsinatsiyalar boshlangan. Yoxansson suratga olish kunining oxirida terlaganidan paypoqlari shilta bo‘lib ketganini aytadi.

Emili Blant va Ritaning kostyumi

“Kelajak chegarasi” ilmiy-fantastik filmining suratga olish jarayonida Emili Blant taxminan 39 kilogramm og‘irlikdagi kiyim kiyishga majbur bo‘lgan. Aktrisa buni kompyuter grafikasi yordamida qilishlarini istagan, lekin film ijodkorlari reallikka intilgan. “Kiyimim shunchalik og‘ir ediki, birinchi marta kiyganimda yig‘lab yuborganman”, — deydi Blant.

Rayan Reynolds va Yashil fonar kostyumi

Yashil fonarning ajoyib kostyumi kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan, ammo suratga olish paytida Rayan Reynolds maxsus kiyim kiygan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, bu kiyim azob-uqubatlar timsoli bo‘lgan. “U nimadan yasalganini bilmayman, lekin bu kiyim dunyodagi eng issiqlik o‘tkazuvchan materialga o‘xshardi”, — deydi Rayan. Qolaversa, suratga olish ishlari olib borilgan Nyu-Orleanda ham o‘sha paytda jazirama yoz bo‘lgan.

Kira Naytli va Sabe kostyumi

Kira Naytli “Yulduzlar jangi” franshizasida ishtirok etganida juda yosh edi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgan voqealar haqida deyarli hech narsa eslolmasa-da, lekin qahramonining kiyimi hali ham yodida. “Bosh kiyimim shu qadar og‘ir ediki, boshim og‘rib ketardi. Hushimdan ketgan vaqtim ham bo‘lgan. Hatto hozir ham o‘sha og‘riqni his qilaman”.

Kit Harington va Jon Snouning mo‘ynali kiyimi

Kitning aytishicha, u kiygan mo‘ynadan badbo‘y hid anqigan, kamiga kiyimi “bir tonna” og‘irlikda edi. “Liboslar dizayneri mendan shunchalik nafratlanganmi, bilmayman. Chunki yildan yilga bu kiyimda suratga tushishim qiyinlashib borayotgandek tuyulardi”, — deydi aktyor.

Milli Olkok va Reyniraning libosi

Intervyuda Milli Olkok qahramonining noqulay kiyimi roliga yaxshiroq ko‘nikishiga yordam berganini aytadi. “Rostini aytsam, bu og‘ir kostyumlar juda issiq edi. Men juda tez terlayman, shuning uchun ba’zida qo‘llarimni ko‘tarib, tanamni sovitishga to‘g‘ri kelgandi”, — deydi u.

Reychel Brosnan va uning “Ajoyib Meyzel xonim” filmidagi liboslari

“Biz serialda juda tez gaplashardik. Barcha so‘zlarni aytguningizcha, nafasingiz tiqilib qolardi, — deydi Reychel. — Men bemalol nafas ololmasdim, chunki korsetim siqib turardi. Hozir esa bir-ikki qovurg‘am deyarli birlashib ketgandek tuyuladi, chunki endi chuqur nafas ololmayman”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »