Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab Gollivud yulduzlari filmda suratga tushib bo‘lgach, qahramonining kiyimlarini esdalik sifatida o‘zlari bilan olib ketishga qaror qilishadi.

Riz Uizerspun

Aktrisaning eng yorqin roli “Qonundagi mallasoch” filmidagi Ell Vuds bo‘lib, u juda zamonaviy qiz bo‘ladi. Shuning uchun Riz stilistlarga ortiqcha pul sarflamaslik uchun garderobini o‘zi to‘ldirishga qaror qiladi. Uizerspun “Qonundagi mallasoch 2” filmidagi Ellning deyarli barcha kiyimini qo‘lga kiritadi — unda Jimmy Choo brendiga tegishli 77 juft poyabzal ham bor edi. Yulduz ushbu bandni suratga olish shartnomasiga kiritib qo‘ygan.

Robert Pattinson

Robert Pattinson “Sumerki” serialidagi vampir rolini ochiqchasiga yoqtirmasligini aytgan bo‘lsa ham, u filmdan xotira sifatida o‘zi kiygan pijamani olib qolgan.

Sara Jessika Parker

Kerri Bredshou — haqiqiy moda timsoli bo‘lib, uning shkafiga barcha qizlar havas qiladi, hatto u kabi kiyinishga harakat qilishadi. Ehtimol, bir kun Kerri muzeyiga tashrif buyurish mumkin bo‘lar, chunki Vogue jurnaliga bergan intervyusida Parker qahramonining barcha kiyimlarini saqlab qo‘yganini aytadi. Aktrisa o‘z boyligini maxsus xonada saqlaydi, u yerdagi barcha libos va poyabzallar seriallarga qarab ajratilgan.

Jennifer Lourens

Jasur mergan Kitniss Everdin roli Jennifer Lourensga olamshumul shuhrat va millionlab muxlislar armiyasini olib keldi. Lourens o‘z faoliyatidagi burilish davrining esdalik sovg‘asi sifatida qahramoni film davomida kiyib yurgan charm kurtka va etiklarni saqlab qo‘ygan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »