Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Davrlar o‘zgarib, ko‘pchilik turklar zamonaviy to‘y qilayotgan bo‘lsa-da, ba’zi an’analar haligacha saqlanib qolgan.

Hina kechasi

Hina kechasi odatda to‘ydan 2-3 kun oldin o‘tkaziladi. Mehmonlar yig‘ilishadi, xalq qo‘shiqlarini kuylashadi. Bayram jarayonida kelinning kaftiga va kuyovning kichik barmog‘iga hina surtiladi. Hina muqaddas bo‘yoq hisoblangani uchun muhim voqealar oldidan — harbiy xizmatga ketayotganlar va uylanayotganlarga surtiladi.

Hina kechasida kelinni yig‘latish muhim qism hisoblanadi. Kelinni hina va sham qo‘yilgan patnis ko‘tarib olgan qizlar o‘rab olib, doira ichida aylantirishadi. Shu vaqtda an’anaviy xalq qo‘shiqlari kuylanadi, bu esa kuchli hissiy muhit yaratadi va kelin yig‘lashi kerak bo‘ladi. Tadbirdan maqsad barcha ko‘z yoshlar shu yerda to‘kilib, kelin yangi uyida baxtli yashab, boshqa yig‘lamasligini ta’minlashdir.

Hina kechasi uchun an’anaviy kiyim — bindallidir. Odatda qizil rangdagi libosga ustunlik beriladi, shuningdek qizil, yashil va to‘q ko‘k ranglardan ham foydalaniladi. Qizil rangga afzallik berilishining sababi u muhabbat, sodiqlik va turmush o‘rtog‘iga tegishlilikni bildiradi.

To‘y marosimi

Turkiyada to‘y marosimlari sharqdan g‘arbga, hududlarning an’analari va kuyov hamda kelin qanday oilada tarbiyalanganiga qarab farq qiladi. Agar to‘y olis qishloqda bo‘lsa, marosim asosiy maydonda o‘tkaziladi. Barcha mahalliy ayollar mehmonlar uchun taom tayyorlaydi, erkaklar milliy asboblarda musiqa chalib, mehmonlar yarim kechasigacha raqsga tushadi.

Yirik shaharlarda to‘y marosimi salonda o‘tkaziladi, u yerda ovqat va salqin ichimliklar tortiladi. Rasmiy nikohdan o‘tgandan so‘ng tort kesiladi va sovg‘alar qabul qilinadi, bu paytda esa orkestr musiqa chalib turadi. An’anaga ko‘ra, ertasi kuni kelin-kuyov to‘y sayohatiga jo‘nab ketadi.

Kelinlik libosi

Zamonaviy turk kelinlari odatda oq libos kiyishni va boshiga fata taqishni afzal ko‘radi. Oq ko‘ylakdan tashqari, ko‘pchilik kelinlarda yana bir umumiylik bor — qizlik belbog‘. Odatda bu kelin beliga bog‘lanadigan qizil lenta bo‘lib, u qizning bokiraligini bildiradi. O‘tmishda qizlik belbog‘isiz chiqqan qiz mahalliy aholi orasida gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan, lekin hozirgi zamonaviy kelinlar imijiga kamar qo‘shishni o‘zlari hal qiladi. Avvalgi paytlarda turk kelinlari qizil niqob ham taqishgan, biroq bu odat hozir kamdan-kam uchraydi.

Turkcha to‘yga taklif qilingan kishi sovg‘a haqida bosh qotirmasa ham bo‘ladi. Qimmatbaho idish to‘plamlari, yotoq jamlanmalari va boshqa uy-ro‘zg‘or sovg‘alari haqida unuting, chunki bu yerda faqat 2 ta tanlov mavjud. Juftlik hujjatni imzolaganidan va rasman turmush qurganidan so‘ng, ularning bo‘yniga qizil lentalar bog‘lanadi. Mehmonlar ularga oltin tangalar, zargarlik buyumlarini tuhfa qiladi yoki matoga pul yopishtiradi.

Bu an’ana yangi turmush qurganlarning moddiy muammosi hal qiladi. Juftliklar oltinni ko‘p yillar davomida saqlaydi va uni faqat favqulodda holatlardagina ishlatadi.

Noodatiy an’analar

Turkiyadagi noan’anaviy odatlarga ko‘ra, to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart. ZAGS xodimlari kuyov va kelinning arizasini yuqumli kasalliklar, genetik kasalliklar va sil kasalligi bo‘yicha qon tahlillari natijasiz qabul qilmaydi. Turkiyada an’anaviy qarashlarga ko‘ra, nikohdan oldin kuyov va kelinning oilalari ham yoshlarning tibbiy kartalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Ularning fikricha, bu kelajakdagi bolalarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin.

Turkiyada yangi oilada kim boshliq ekanligini ko‘rsatish uchun kelin-kuyov bir-birining oyog‘ini bosishga harakat qiladi. Kuyov kelinning oyog‘ini qattiq bosib yubormasligi uchun marosimni faqat kelin bajarishi taklif qilinadi. Bu holat turk oilasida hamma narsa xotinning qaroriga binoan amalga oshirilishi, chunki u oilada asosiy shaxs ekanligini bildiradi.

Yana bir g‘alati odat shundan iboratki, kuyovning do‘stlari to‘ydan keyin uni do‘pposlashi kerak. Ular yangi kuyovni uyigacha kuzatib borishadi, u eshikdan qadam bosgach, do‘stlari uni urayotgandek ko‘rsatishadi. Shunday qilib, erkak bu marosim orqali bo‘ydoqlik hayotidan butunlay ketadi.

Bundan tashqari, Turkiyada nikoh uzuklari rasmiy nikohdan keyin emas, balki sovchilik paytida taqiladi. Uzuklar qizil lentaga bog‘langan bo‘lib, uni oilaning keksa a’zolaridan biri kesishi kerak. To‘ydan oldin kuyov va kelin uzuklarni o‘ng barmog‘iga, to‘ydan keyin esa chap barmog‘iga taqadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »