Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

RMC Sport nashrining xabar berishicha, Mbappe va uning oilasi “Real”dan 17 yoshli Etan Mbappe bilan shartnoma imzolashni so‘ragan va Madrid klubi rahbariyati allaqachon bu transferga rozi bo‘lgan.

Foto: Getty Images

“Mbappe yolg‘iz kelmaydi. Dastlabki shartnoma ikki hafta oldin imzolangan edi, biroq oxirgi kunlarda Mbappe oilasi “Real”ga taklif bilan chiqdi. 

Mbappening oilasi va Kilianning o‘zi bir necha kun oldin “Real”dan ukasi Etan Mbappeni ham sotib olishni so‘ragan. “Real Madrid” bu haqda o‘ylab ko‘rdi va oxir-oqibat rozi bo‘ldi”, —deydi jurnalist Eduardo Inda.

Etan Mbappe joriy mavsum Liga 1da bir daqiqagina o‘ynadi: u 17-turning “Mets” bilan (3:1) uchrashuvning 90-daqiqasida maydonga tushdi. Shuningdek, u UEFA Yoshlar ligasida 6 o‘yin o‘tkazgan va Fransiya kubogi o‘yinlarida ikki marta zaxiradan maydonga tushgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »