Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 18-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 25-turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda “Rayo Valyekano” hamda “Real Madrid” klublari to‘qnash keldi. O‘yin Madriddagi “Kampo de Valyekas” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq Xoselu “qirollik” klubini oldinga olib chiqdi.  27-daqiqada “Rayo Valyekano” hujumchisi Raul de Tomas penaltini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida ikki marta ogohlantirilgan Karvahal o‘z sheriklaridan oldin maydonni tark etdi.

Ayni damda Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 25 uchrashuvdan so‘ng, “Real Madrid” 62 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. “Rayo Valyekano” 25 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Foto: “Sofascore”

La Liga

25-tur bahsi

18-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 – 3 Xoselu, 1:1 – 27, De Tomas.

“Rayo Valyekano” – Dimitriyevski, Baliu, Lejen, Aridane, Espino, Palason (De Frutos, 56), Garsiya (Kamelyo, 82), Unai Lopes (Kike Peres, 64), Oskar Valentin, Trexo (Kreshpu, 64), de Tomas (Falkao, 81).

“Real Madrid” – Lunin, Nacho, Tchuameni, Fran Garsiya, Modrich (Gyuler, 87), Valverde, Braim Dias (Rodrigo, 70), Kamavinga (Kroos, 70), Vaskes (Karvaxal, 75), Vinisius Junior, Xoselu.

Ogohlantirishlar:

Palason (45), Baliu (45), Kamavinga (61), de Tomas (81), Garsiya (82), Karvaxalь (90).

Chetlatish: Karvaxal (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »